Ko'p so'raladigan savollar

Umumiy savollar

Bot Constructor Panel nima?

Bot Constructor Panel — bu Telegram botlarini vizual tarzda, kodlamasdan yaratish imkonini beruvchi platforma. Tayyor bloklarni sudrab-tashlash orqali bot logikasini qurasiz.

Bepulmi?

Asosiy funksiyalar bepul. Kengaytirilgan imkoniyatlar uchun pullik tariflar mavjud.

Qaysi tillarni qo'llab-quvvatlaydi?

Interfeys 4 tilda mavjud: O'zbek, Rus, Ingliz, Yapon.

Mobil qurilmada ishlash mumkinmi?

Hozircha faqat desktop va planshetlarda. Mobil qurilmalar qo'llab-quvvatlanmaydi.


Bot yaratish

Telegram bot tokenini qanday olaman?

  1. Telegram'da @BotFatherarrow-up-right ni oching

  2. /newbot buyrug'ini yuboring

  3. Bot nomi va username'ni kiriting

  4. Token beriladi

Bir nechta bot yarata olamanmi?

Ha, cheksiz bot yaratishingiz mumkin.

Bot ishlamayapti. Nima qilishim kerak?

  1. Tokenni tekshiring

  2. Oqimni saqlang

  3. Trigger mavjudligini tekshiring

  4. Brauzer konsolida xatoliklarni ko'ring


Node'lar

Node qanday qo'shiladi?

Chap paneldan kerakli node'ni canvas'ga sudrab olib tashlang.

Node'larni qanday ulash mumkin?

Source handle'dan (pastdagi nuqta) Target handle'ga (tepadagi nuqta) torting.

Node'ni qanday o'chirish mumkin?

Node'ni tanlang va Delete yoki Backspace bosing.

Node'ni nusxalash mumkinmi?

Ha, Ctrl+CCtrl+V yoki Ctrl+D.


O'zgaruvchilar

O'zgaruvchi qanday yaratiladi?

Variable node ishlatib:

  • Name: o'zgaruvchi nomi

  • Value: qiymati

O'zgaruvchini qanday ishlataman?

{{var.nom}} formatida matn maydonlarida.

O'zgaruvchilar qachongacha saqlanadi?

Session o'zgaruvchilari foydalanuvchi sessiyasi davomida. Doimiy saqlash uchun State yoki Collection ishlating.


Tugmalar

Inline va Reply tugma orasidagi farq nima?

Inline: Xabar ichida, callback yuboradi Reply: Klaviatura o'rnida, matn yuboradi

Dinamik tugmalar qanday yaratiladi?

Keyboard sozlamalarida Source: Collection tanlang va shablonlarni belgilang.


Kolleksiyalar

Kolleksiya nima?

Bot ichidagi ma'lumotlar bazasi. Mahsulotlar, foydalanuvchilar kabi ma'lumotlarni saqlash uchun.

Excel/CSV import qilsa bo'ladimi?

Ha, kolleksiya sahifasida Import funksiyasi mavjud.


Custom Code

Qaysi dasturlash tilini ishlatish mumkin?

Faqat Python 3.

Qanday kutubxonalar mavjud?

requests, json, datetime, re, random, math, hashlib va boshqalar.

Timeout bormi?

Ha, 30 soniya. Undan uzun kod ishlamaydi.


Xatoliklar

"Bot not found" xatosi

Token noto'g'ri yoki eskirgan. Yangi token oling.

"Chat not found" xatosi

Foydalanuvchi botni bloklagan yoki chat mavjud emas.

"Bad Request" xatosi

So'rov formati noto'g'ri. Ma'lumotlarni tekshiring.

"Too Many Requests" xatosi

Telegram rate limit'iga urildi. Kamroq xabar yuboring.


Boshqa

Loyihani export qilsa bo'ladimi?

Ha, Sozlamalar → Export orqali JSON formatda.

Bir nechta foydalanuvchi bitta loyihada ishlashi mumkinmi?

Hozircha yo'q. Keyingi versiyalarda rejalashtirilgan.

API integratsiya qanday qilinadi?

HTTP Request node yoki Custom Code orqali.

Webhook qo'llab-quvvatlanadimi?

Ha, HTTP Request node bilan webhook yuborishingiz mumkin.

Last updated

Was this helpful?