Xatolar va yechimlar

Tez-tez uchraydigan xatolar va ularni hal qilish usullari.

Bot ishlamayapti

Sabab 1: Token noto'g'ri

Alomatlar:

  • Bot xabarlarga javob bermaydi

  • Konsol'da "Unauthorized" xatosi

Yechim:

  1. BotFather'da tokenni tekshiring

  2. Token to'g'ri kiritilganligiga ishonch hosil qiling

  3. Yangi token yarating

Sabab 2: Trigger yo'q

Alomatlar:

  • Oqim saqlangan, lekin bot javob bermaydi

Yechim:

  1. Oqimda kamida bitta Trigger borligini tekshiring

  2. Trigger'dan keyingi node'lar ulangan bo'lishi kerak

Sabab 3: Global emas trigger

Alomatlar:

  • Bot faqat ba'zi holatlarda ishlaydi

Yechim:

  1. /start va /cancel trigger'larini Global qiling

  2. Yoki foydalanuvchi holatini tekshiring


Xabar yuborilmaydi

Xato: "Chat not found"

Sabab: Foydalanuvchi botni bloklagan yoki chat mavjud emas.

Yechim:

  • Try/catch bilan xatolikni ushlang

  • Foydalanuvchini aktiv emas deb belgilang

Xato: "Message is too long"

Sabab: Xabar 4096 belgidan uzun.

Yechim:

  • Xabarni qisqartiring

  • Yoki bir nechta xabarga bo'ling

Xato: "Can't parse entities"

Sabab: HTML yoki Markdown sintaksis xatosi.

Yechim:

  • Teglarni tekshiring

  • Maxsus belgilarni escape qiling


Inline tugmalar ishlamayapti

Xato: Tugma bosilganda hech narsa bo'lmaydi

Sabab: Callback Query Trigger yo'q.

Yechim:

  1. Callback Query Trigger qo'shing

  2. Callback data'ni to'g'ri belgilang

  3. Callback Answer qo'shing

Xato: Loading aylanib turadi

Sabab: Callback Answer qo'shilmagan.

Yechim:

  • Har bir Callback Query'dan keyin Callback Answer qo'shing


HTTP Request xatolari

Xato: "Connection timeout"

Sabab: Server javob bermaydi.

Yechim:

  • API URL'ni tekshiring

  • Timeout vaqtini oshiring

  • Error handle qo'shing

Xato: "Invalid JSON"

Sabab: Javob JSON formatda emas.

Yechim:

  • API javobini tekshiring

  • Content-Type headerini tekshiring

Xato: "401 Unauthorized"

Sabab: API kaliti noto'g'ri.

Yechim:

  • API kalitini tekshiring

  • Authorization headerini to'g'ri formatlang


Custom Code xatolari

Xato: "Timeout exceeded"

Sabab: Kod 30 soniyadan ko'p ishladi.

Yechim:

  • Kodni optimizatsiya qiling

  • Katta ma'lumotlarni bo'lib ishlang

  • Cheksiz tsikllarni oldini oling

Xato: "Module not found"

Sabab: Kutubxona mavjud emas.

Yechim:

  • Faqat mavjud kutubxonalarni ishlating

  • Mavjud: requests, json, datetime, re, random, math

Xato: "NameError"

Sabab: O'zgaruvchi aniqlanmagan.

Yechim:

  • O'zgaruvchi nomini tekshiring

  • get_var() bilan olish kerak


State xatolari

Xato: Foydalanuvchi noto'g'ri State'da

Sabab: State yangilanmagan.

Yechim:

  • Har bir oqim oxirida State node qo'shing

  • Global trigger'lardan keyin State'ni tekshiring

Xato: State ma'lumotlari yo'qoldi

Sabab: State qayta yozilgan.

Yechim:

  • State Data'da kerakli ma'lumotlarni saqlang

  • State'ni to'liq qayta yozmasdan yangilang


Kolleksiya xatolari

Xato: "Collection not found"

Sabab: Kolleksiya nomi noto'g'ri.

Yechim:

  • Kolleksiya nomini tekshiring

  • Kolleksiya mavjudligini tekshiring

Xato: Element topilmadi

Sabab: Filter noto'g'ri.

Yechim:

  • Filter shartini tekshiring

  • Element ID'sini tekshiring


Umumiy maslahatlar

Debugging

  1. Console'ni tekshiring — brauzer konsolida xatoliklarni ko'ring

  2. Log yozing — Custom Code'da log() funksiyasi

  3. Qadam-baqadam test — har bir node'ni alohida sinang

Oldini olish

  1. Tez-tez saqlangCtrl+S

  2. Xatolik handle'larini qo'shing — Else, Error yo'llari

  3. Ma'lumotlarni tekshiring — kiritishdan oldin validate

Yordam olish

  1. Dokumentatsiyani o'qing

  2. FAQ bo'limini ko'ring

  3. Qo'llab-quvvatlash bilan bog'laning

Last updated

Was this helpful?